O'quv markazlar uchun CRM va Telegram bot

O'quvmarkazingizbittatizimda.Ota-onalar esa — Telegramda xabardor.

Guruhlar, jadval, davomat, to'lovlar, maosh, baholar va dars materiallari — daftar va Excel o'rniga. Davomat belgilanishi bilan ota-onaga xabar ketadi, o'quvchi esa darslarini Telegram ichidagi ilovada ochadi.

  • Brauzerda ishlaydi — o'rnatish shart emas
  • Telegram bot va ilova
  • O'z serveringizda ham
markaz.darsnoma.uz — Bosh sahifa

Faol o'quvchilar

0

Oylik tushum

96,4 mln

Bugungi darslar

0

Haftalik davomat

0%
Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya

Hozir

IELTS 6.514:00
Matematika 915:30
Ingliz tili A217:00
DarsnomaTelegram

🏫 Bright Academy · Aziza

❗ Farzandingiz bugun «Ingliz tili B1» darsiga kelmadi.

14:01

Markazda bir kun

Ertalabki kofedan oy yakunigacha — hammasi bir tizimda

Bu reklama emas, Darsnomaning haqiqiy ish kuni: kim, qachon va nimani qiladi.

08:30Direktor

Kun bitta sahifadan boshlanadi

Bugungi darslar, tushum, kelmay qo'ygan o'quvchilar va eng katta qarzdorlar — ochishingiz bilan ko'z oldingizda.

  • Ketma-ket 3 darsga kelmaganlar alohida
  • Qarz o'zi hisoblanadi — Excel kerak emas

Bosh sahifa · Payshanba

Xayrli tong! Bugun 12 ta dars

12

Darslar

4,2 mln

Bugungi tushum

318

Faol o'quvchi

Kelmay qo'yganlar

Ketma-ket 3 darsga kelmagan: 3 nafar

Eng katta qarzdorlar

Jasur Aliyev1 300 000 so'm
Sardor Qodirov650 000 so'm
15:05O'qituvchi

Davomat — Telegramning o'zida

Dars tugadi, davomat belgilanmadimi? Bot eslatadi. O'qituvchi ismlarni bosib belgilaydi va saqlaydi — kabinetga kirmasdan.

  • Keldi · kechikdi · kelmadi · sababli
  • Bir vaqtda ikki kishi o'zgartirsa ham hech narsa ustidan yozilmaydi

Darsnoma

bot

🏫 Bright Academy
⏰ «Matematika 7» darsi (15:00) davomati hali belgilanmagan.15:05
✅ Davomatni belgilash
👥 Matematika 7
📅 Bugun, 1-oktabr · 15:00–16:30
✅ 9 · ⏰ 1 · ❌ 1 · 📝 0
✅ Aziza Karimova
❌ Jasur Aliyev
✅ Malika Yusupova
⏰ Dilnoza Rahimova
✅ Qolganlari keldi💾 Saqlash (4)
16:31Ota-ona

Ota-ona darhol biladi

Farzand darsga kelmasa, baho olsa yoki to'lov qilinsa — ota-onaning Telegramiga xabar boradi. Ilova o'rnatish, parol eslab qolish shart emas.

  • Raqamini yuboradi — bot farzandini o'zi topadi
  • Qaysi xabarlar kelishini o'zi tanlaydi

Darsnoma

bot · ota-ona

🏫 Bright Academy · Jasur
✅ Raqamingiz tasdiqlandi. Farzandingiz profili ulandi.09:12
🏫 Bright Academy · Jasur
❗ Farzandingiz bugun «Matematika 7» darsiga kelmadi.16:31
16:45Kassa

To'lov, kvitansiya va qarz — bir harakatda

To'lov qabul qilinadi, kvitansiya (summa so'z bilan) chop etiladi, qarz shu zahoti yangilanadi. Eski to'lovning kvitansiyasi ham tarixdan chiqadi.

  • Naqd yoki karta — kassir ko'rsatiladi
  • To'lov qaytarish va chegirmalar ham hisobda

To'lov qabul qilindi

Saqlandi

KVITANSIYA № 2026-0481

O'quvchiMalika Yusupova

GuruhIngliz tili B1

UsulKarta

650 000 so'm

olti yuz ellik ming so'm

Chop etishQarz: 0 so'm

Ota-onaga Telegramda: «💰 To'lov qabul qilindi: 650 000 so'm»

19:00O'quvchi

Dars uyda davom etadi

O'quvchi Telegram ichidagi ilovada materialni ochadi: video, matn, audio. Audio sekinlashtiriladi, bir parcha qayta-qayta tinglanadi. Vazifa shu yerda topshiriladi.

  • 0.5×–1.5× tezlik, ±5 soniya, A–B takrorlash
  • O'qituvchi kim ko'rganini va kim topshirganini biladi

Darsnoma

ilova

Ingliz tili B1 · Material

Unit 5 — Listening

1:123:40
A–B0.75×55

Uy vazifasi: Essay

Ertaga 18:00

Matn, fayl yoki rasm bilan topshiring

Topshirish
Oy oxiriHisobchi

Maosh o'zi hisoblanadi, oy yopiladi

Foizli o'qituvchi — o'quvchilarga hisoblangan summadan, belgilangan oylik — ishlangan kunlar bo'yicha. Oy yopilgach qulflanadi — o'tgan oy raqamlari tasodifan o'zgarib qolmaydi.

  • O'qituvchi o'z hisobini isbot bilan ko'radi
  • Bekor qilingan va ko'chirilgan darslar to'g'ri hisoblanadi

Maoshlar · Sentabr

Oy yopildi
NK

Nilufar Karimova

Foiz · 40%

4 120 000

BT

Bekzod Toshmatov

Belgilangan

3 500 000

DR

Dilshod Rasulov

Foiz · 35%

2 870 000

Sof foyda: tushum − xarajatlar − maoshlar, oy bo'yicha

Telegram bot va ilova

Markazingiz ota-onalar va o'quvchilar har kuni ochadigan joyda

@darsnoma_bot har bir odamni telefon raqami orqali taniydi va unga faqat o'ziga tegishli narsani ko'rsatadi. O'quvchi, o'qituvchi va direktor uchun esa Telegram ichida to'liq ilova ochiladi.

Farzandingiz haqida — birinchi bo'lib

  • Darsga kelmasa — o'sha kuni xabar
  • To'lov, baho, uy vazifasi bahosi
  • Dars bekor qilinsa yoki ko'chirilsa
  • Bir nechta farzand, hatto turli markazlarda

Hech narsa o'rnatilmaydi

Telegram hammada bor. O'quvchi va ota-ona o'rganishi kerak bo'lgan yangi ilova yo'q.

Parolsiz kirish

Raqam Telegram orqali tasdiqlanadi — ilova shu raqamga bog'langan hisobni o'zi ochadi.

Kerakli xabar — kerakli odamga

Har kim faqat o'ziga tegishlisini oladi va sozlamalarda keraksizini o'chirib qo'yadi.

@darsnoma_bot ni ochib ko'ring

Darsnoma

bot

📱 Raqamni yuborish09:10
✅ Raqamingiz tasdiqlandi. Sizning profillaringiz:
• Bright Academy · Jasur (farzand)09:10
🏫 Bright Academy · Jasur
❗ Farzandingiz bugun «Matematika 7» darsiga kelmadi.16:31
🏫 Bright Academy · Jasur
❌ 3-oktabr kuni dars bo'lmaydi: Matematika 7
Sabab: bayram18:02

Dars materiallari va vazifalar

Dars sinfda tugamaydi — uyda davom etadi

O'qituvchi darsdan keyin material va uy vazifasini dars kuniga bog'lab beradi. O'quvchi uni telefonida ochadi, tinglaydi, topshiradi — natijasini va izohini oladi.

Ingliz tili B1 · Material

Unit 5 — Listening: At the airport

0:483:40

Sinab ko'ring: ijro eting, «A–B» ni ikki marta bosing — tanlangan parcha qayta-qayta aylanadi.

Material — 4 qadamda

Guruh va dars kuni → matn (sarlavha, ro'yxat, jadval) → fayl, YouTube yoki havola → tayyor.

Video va audio ichida

YouTube video sahifaning o'zida ochiladi, audio fayl esa shu pleyerda tinglanadi.

Kim ko'rdi, kim topshirdi

Har bir material uchun: nechta o'quvchi ko'rdi va o'zlashtirdi. Vazifalar — topshirilgan, tekshirilgan, kechikkan.

Savol-javob dars ostida

O'quvchi tushunmagan joyini o'sha material ostida so'raydi, o'qituvchi shu yerda javob beradi.

Vazifa: muddat, ball va izoh

«Keyingi darsgacha» kabi tayyor muddatlar, maksimal ball, o'quvchi topshirgan fayl va matn. O'qituvchi ball qo'yadi, izoh va fayl bilan qaytaradi — ota-onaga ham bahosi boradi.

Barcha imkoniyatlar

Markaz ishining hammasi — bitta joyda

Daftar, Excel, kalkulyator va o'nlab chatlar o'rniga. Kerakli bo'limlar tarifga qarab yoqiladi — ortiqchasi uchun to'lamaysiz.

Guruhlar va haftalik jadval

Fan, o'qituvchi, dars kunlari, vaqt, xona, sig'im va oylik narx. Jadval kalendar ko'rinishida — kim qayerda, qachon.

Davomat

Keldi, kechikdi, kelmadi, sababli. Admin barcha darslarni «Kunlik nazorat»da ko'radi.

Bekor qilish va ko'chirish

Dars bekor bo'lsa pul olinmaydi, ko'chirilsa oy to'liq qoladi. Bayramda barcha darslar bir bosishda.

Baholar

Test, nazorat ishi, sinov imtihoni, uy vazifasi — foizlar, o'rtacha va o'sish dinamikasi.

Guruh tarixi saqlanadi

O'qituvchi, jadval yoki narx almashsa — «qaysi kundan» so'raladi, eski darslar eski shart bilan qoladi.

O'zingiz sinab ko'ring

Ro'yxatdan o'tmasdan — ikkita amalni hozir bajaring

Bu tizimning haqiqiy oynalari. O'qituvchi va admin har kuni aynan shunday ishlaydi.

1 · Davomat

O'qituvchi kabi belgilab ko'ring

IELTS 6.5 guruhi, bugungi dars. Har bir o'quvchi uchun bittasini bosing.

  • Aziza Karimova
  • Bekzod Toshmatov
  • Dilnoza Rahimova
  • Jasur Aliyev
  • Malika Yusupova
  • Sardor Qodirov
0%

Belgilandi: 0/6

Daftar, qalam va oy oxiridagi hisob-kitob shart emas.

2 · To'lov

Qarzdorni bir bosishda yoping

Jasur Aliyev sentabr uchun to'lamagan. To'lovni qabul qiling.

Jasur Aliyev

IELTS 6.5 · sentabr

Balans

-650 000 so'm

To'lov qabul qilinganda chek shu yerda paydo bo'ladi

Qanday boshlanadi

To'rt qadam — va markaz ishlay boshlaydi

Ishga tushirishda yonida bo'lamiz: tizimni sozlab, ma'lumotlarni ko'chirishga yordam beramiz.

  1. 1

    Telegram'da yozasiz

    Markazingiz haqida aytasiz — tizimni jonli ko'rsatamiz va savollaringizga javob beramiz.

  2. 2

    Markazingiz ochiladi

    O'z manzilingiz (markaz.darsnoma.uz), logotip va ranglaringiz, kerakli bo'limlar bilan.

  3. 3

    Ma'lumotlar ko'chadi

    O'quvchilar Excel'dan — guruhi va eski qarzi bilan. Oxirida hammaning login-paroli bitta faylda.

  4. 4

    Hamma ulanadi

    Xodimlar kabinetga kiradi, ota-ona va o'quvchilar @darsnoma_bot ga raqamini yuboradi.

Bulutda

Ko'pchilik markazlar uchun

  • Server, o'rnatish va texnik ish — bizda
  • Yangilanishlar o'z-o'zidan keladi
  • Telegram bot va ilova to'liq ishlaydi
  • Istalgan joydan: kompyuter yoki telefon

O'z serveringizda

Ma'lumotlar binodan chiqmasligi kerak bo'lsa

  • Markazingiz kompyuteri yoki serveriga o'rnatiladi
  • Lokal tarmoqda internetsiz ishlaydi
  • Zaxira nusxa va tiklash — tayyor skriptlar bilan
  • Telegram bot uchun internet kerak bo'ladi
O'z serverga o'rnatish haqida

Xavfsizlik

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'lda

Har bir markaz alohida

Markazingiz ma'lumotlarini boshqa markaz ko'rmaydi — bu tizimning eng chuqur qatlamida tekshiriladi.

Har kim — faqat o'ziniki

O'quvchi faqat o'zini, o'qituvchi o'z guruhlarini, ota-ona faqat farzandini ko'radi.

Parollar himoyasi

Yangi hisob vaqtinchalik parol bilan ochiladi. 5 ta xato urinishdan keyin kirish 15 daqiqaga yopiladi.

Xodim ketsa — darhol

Hisobni nofaol qilsangiz, u barcha qurilmalardan shu zahoti chiqib ketadi. Ulanish shifrlangan (HTTPS).

Narx

Markazingiz hajmiga mos narx

Narx o'quvchilar soni va sizga kerakli bo'limlarga qarab belgilanadi. Kichik markaz ortiqcha imkoniyat uchun to'lamaydi, yirik markaz esa hammasini oladi.

  • Oylik obuna — o'quvchilar soniga qarab
  • Faqat kerakli bo'limlar uchun to'laysiz
  • Telegram bot va ilova — narx ichida
  • Ishga tushirish va ma'lumot ko'chirishda yordam

Narxni bilmoqchimisiz?

Telegram'da yozing — markazingizga mos tarifni aytamiz va tizimni ko'rsatamiz.

Narx bo'yicha bog'lanish+998 88 758 30 02

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Yo'q. Darsnoma brauzerda ishlaydi — kompyuter, planshet yoki telefonda. Xohlasangiz, markazingiz serveriga ham o'rnatamiz.

Yo'q. Ota-ona Telegram'da @darsnoma_bot ni ochib, raqamini yuboradi — bot farzandini markazdagi ma'lumot bo'yicha o'zi topadi. Parol ham kerak emas.

Shart emas. Mavjud ro'yxatni Excel'dan bir martada yuklaysiz — guruhi, qo'shilgan sanasi va eski qarzi bilan.

Bekor qilingan dars uchun o'quvchidan pul olinmaydi va o'qituvchiga ham hisoblanmaydi. Boshqa kunga ko'chirilsa, oy to'liq qoladi.

Bo'ladi. Bitta telefon raqami bir nechta markazda bo'lishi mumkin — kirishda kerakli markaz tanlanadi, botda esa profil almashtiriladi.

Bulut versiyasi internet bilan ishlaydi. Internet ishonchsiz bo'lsa — markaz serveriga o'rnatilgan versiya lokal tarmoqda internetsiz ishlaydi.

Ha. Barcha filiallar bitta hisobda: o'quvchilar va xarajatlarni filial bo'yicha ajratib ko'rasiz.

Narx o'quvchilar soni va kerakli bo'limlarga qarab belgilanadi. Telegram'da yozing — markazingizga mos tarifni aytamiz.

Albatta. Telegram'da yozing — tizimni ko'rsatamiz va markazingizda sinab ko'rishingiz uchun ochib beramiz.

Markazingizni bugun tartibga keltiring

Telegram'da yozing — tizimni ko'rsatamiz, markazingizni ochib beramiz va birinchi oyni birga o'tkazamiz.